Maxfiylik

Yangilangan: 2026-yil 1-noyabr

Hisob va kirish

FlowKey — to‘lov integratsiyalarini sinash muhiti. Google yoki GitHub orqali kirganda ism, elektron pochta, provayderdagi hisob identifikatori va kirishni tasdiqlash ma’lumotlari hisob yaratish hamda sizni tanish uchun ishlatiladi. Google yoki GitHub parolingiz FlowKey’ga berilmaydi.

Saqlanadigan ma’lumotlar

Hisob ma’lumotlari, yuklangan profil rasmi, loyihalar, sinov to‘lovlari va sozlamalar serverda saqlanadi. Sessiya cookie’lari kirgan holatingizni saqlash uchun ishlatiladi. Google va GitHub’dan olingan OAuth tokenlari bazada shifrlanadi.

Kirish faqat profil va email ruxsatlarini ishlatadi. Gmail xatlari, Google Drive fayllari yoki GitHub repozitoriyalariga kirish ruxsati so‘ralmaydi.

Telegram va AI yordamchi

Telegram yordamchisini ulasangiz, suhbat va murojaatlar hisobingizga bog‘lanadi. AI yordamchi sozlangan va ishlatilganida hisob diagnostikasi hamda tegishli suhbat konteksti AI xizmatiga yuboriladi. Maxfiy API kalitlari va parollar bu kontekstdan chiqarib tashlanadi.

Saytdagi yordamchi

Qo‘llanma rejimi tayyor javoblarni brauzerda ko‘rsatadi. Chat tarixi shu oynaning xotirasida saqlanadi va sahifa qayta yuklanganda o‘chadi. AI xizmatiga ulangan rejimda savolingiz, oxirgi suhbat qismi va faqat o‘z hisobingizning tegishli ma’lumotlari javob tayyorlash uchun yuboriladi. Maxfiy kalitlar yashiriladi. Parol yoki maxfiy kalitni chatga yozmang.

Ruxsatlarni boshqarish

Google yoki GitHub hisobingiz sozlamalarida FlowKey ruxsatini bekor qilishingiz mumkin. FlowKey sessiyalarini hisob sozlamalaridan boshqaring yoki hisobdan chiqing.

Ma’lumotlaringiz, hisobni o‘chirish yoki maxfiylik bo‘yicha murojaat: sunnatovtolibjon7@gmail.com.

Bosh sahifaga qaytish